Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 21-sentabr, 2026

Bu sahifa rugo.uz saytiga va Rugo Telegram botiga tegishli. Unda qanday ma'lumot to'planishi, nima uchun kerakligi va kimga uzatilishi yozilgan. Soddaroq qilib aytganda: biz sizdan faqat siz bilan bog'lanish va o'qishingizni saqlash uchun kerak bo'lgan narsani so'raymiz, va uni hech kimga sotmaymiz.

1.Kim ma'lumotni yig'adi

Ma'lumotlarni Rugo loyihasi yig'adi va qayta ishlaydi. Aloqa: +998 94 787 72 72, mirkhujaevkurbonkhuja@gmail.com, Telegram @mirkhujaev.

2.Qanday ma'lumot to'planadi

Siz o'zingiz yozgan ma'lumot. Ariza shaklini to'ldirganingizda: ism, telefon raqam, Telegram nomi (agar bo'lsa) va savolnoma javoblari — maqsadingiz, qachonga tayyorlanmoqchisiz, kuniga qancha vaqt ajrata olasiz, kim uchun o'qiysiz.

O'qish jarayoni. Ilova va saytda: qaysi darslarni o'tganingiz, natijalar, seriya va daraja. Bu sizning o'qishingizni davom ettirish uchun saqlanadi.

Texnik ma'lumot. Brauzer turi, IP manzil, qaysi sahifada bo'lganingiz va saytga qaysi havoladan kelganingiz (reklama havolasidagi belgilar: utm_source, fbclid va shunga o'xshash).

Biz pasport ma'lumoti, to'lov kartasi raqami yoki bank ma'lumotlarini so'ramaymiz va saqlamaymiz.

3.Nima uchun ishlatiladi

Siz bilan bog'lanish va kurs bo'yicha maslahat berish uchun; o'qishingizni saqlash va davom ettirish uchun; xizmatni yaxshilash va reklamamiz qanchalik foydali ekanini o'lchash uchun.

Ariza qoldirganingizda ma'lumotingiz bizning ichki Telegram kanalimizga xabar sifatida yuboriladi — buni faqat Rugo jamoasi ko'radi.

4.Meta (Facebook, Instagram) reklama vositalari

Saytda Meta Pixel ishlatiladi. U qaysi reklamadan kelganingizni va saytda qanday harakat qilganingizni (masalan, ariza qoldirganingizni) Meta'ga xabar qiladi. Bu reklamani to'g'ri odamlarga ko'rsatish va behuda pul sarflamaslik uchun kerak.

Shu maqsadda Conversions API orqali server tomondan ham xabar yuborilishi mumkin. Bunda telefon raqamingiz va ismingiz ochiq holda emas, bir tomonlama shifrlangan (SHA-256) ko'rinishda uzatiladi — ya'ni Meta ulardan asl qiymatni tiklay olmaydi. Bir xil hodisa ikki marta sanalmasligi uchun har bir hodisaga yagona belgi qo'yiladi.

Meta bu ma'lumotni o'z qoidalari asosida qayta ishlaydi: Meta Maxfiylik siyosati. Reklama sozlamalarini Meta hisobingizda o'zingiz boshqarishingiz mumkin.

Pixel faqat rugo.uz domenida ishlaydi. Brauzeringizda reklama bloklovchi bo'lsa yoki kuzatuvni o'chirgan bo'lsangiz, sayt baribir to'liq ishlaydi.

5.Cookie va shunga o'xshash texnologiyalar

Sayt ishlashi uchun zarur cookie'lar (kirish holati, tanlovlaringiz) va Meta Pixel'ning cookie'lari (_fbp, _fbc) ishlatiladi. Brauzer sozlamalaridan cookie'larni o'chirishingiz mumkin — bunda saytning ayrim qulayliklari yo'qoladi.

6.Kimga uzatiladi

Ma'lumotingiz sotilmaydi. U faqat xizmat ishlashi uchun zarur bo'lgan tomonlarga uzatiladi: Telegram (bot va bildirishnomalar), Meta (yuqorida yozilgan reklama o'lchovi), va saytimiz joylashgan server.

Qonun talab qilgan hollarda vakolatli organlarga taqdim etilishi mumkin.

7.Qancha vaqt saqlanadi

Ariza ma'lumotlari siz mijozimiz bo'lgan vaqt davomida va undan keyin 3 yilgacha saqlanadi. Undan oldin o'chirishni so'rasangiz — o'chiramiz.

8.Sizning huquqlaringiz

Siz haqingizda saqlanayotgan ma'lumotni so'rashingiz, uni to'g'rilashingiz yoki butunlay o'chirishni talab qilishingiz mumkin. Shuningdek reklama va xabarnomalardan voz kechishingiz mumkin.

Buning uchun mirkhujaevkurbonkhuja@gmail.com ga yozing yoki Telegramda @mirkhujaev ga murojaat qiling. So'rovga 7 ish kuni ichida javob beramiz.

9.Bolalar

18 yoshga to'lmagan foydalanuvchilar xizmatdan ota-onasi yoki qonuniy vakili roziligi bilan foydalanadi.

10.O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, shu sahifadagi sana yangilanadi. Jiddiy o'zgarish bo'lsa alohida xabar beramiz.

Savolingiz bormi? Yozing: mirkhujaevkurbonkhuja@gmail.com